Koronavirusdan uyida davolanayotgan bemorlar bepul dori-darmon bilan ta’minlanadi

Koronavirus kasalligidan uyida davlanayotgan bemorlarga “Gidroksixloroxin”, “Azitromitsin”, “Paratsetamol”, “Vitamin S” kabi dori-darmonlar hamda bir martalik tibbiy niqoblarni belgilangan meyorda, bepul yetkazib berish yo‘lga qo‘yiladi.
Sputnik

TOShKENT, 17-iyul - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi natijasiga ko‘ra, endilikda koronavirusdan uyida davolanayotgan bemorlar bepul dori-darmon bilan ta’minlanadigan bo‘ldi.

O‘zbekistonda kerakli dorilarning faqat 21 %i ishlab chiqariladi

 

Bugun e’lon qilingan xabarga ko‘ra, maxsus komissiya yig‘ilishida koronavirus infeksiyasining odamlar orasida keng tarqalishi oldini olish va ushbu kasallikka chalingan bemorlarga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilangan. Pandemiya davrida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish uzluksizligini ta’minlash, koronavirusga tekshiruvlarni tezkor va samarali tashkil etish va bemorlarni kerakli dori-darmonlar bilan ta’minlash ishlari shular jumlasidan.

Xususiy klinikalarga koronovirusni davolashga ruxsat berildi

Komissiya yig‘ilishida uyida davolanayotgan koronavirus bemorlarini bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash yuzasidan qaror qabul qilinib, ularga yetkazib beriladigan dori-darmonlar ruyxati tasdiqlandi.

Bundan buyon koronavirus kasalligidan uyida davlanayotgan bemorlarga "Gidroksixloroxin", "Azitromitsin", "Paratsetamol", "Vitamin S" kabi dori-darmonlar hamda bir martalik tibbiy niqoblarni belgilangan meyorda, bepul yetkazib berish yo‘lga qo‘yiladi.

Koronavirus infeksiyasi bo‘yicha test natijalari musbat natija bergan hamda kasallik yengil kechayotganligi sababli shifokorlar tavsiyasiga asosan uyida davolanayotgan bemorlar mazkur tibbiy vositalar bilan bepul ta’minlanadi.

Yig‘ilishda Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda tegishli idoralarga zudlik bilan mazkur dori-darmonlarning 50 mingta to‘plamini shakllantirish va uyida davolanayotgan bemorlarga yetkazib berish tizimini yo‘lga qo‘yish vazifasi yuklatildi.