Janubiy Koreya o‘zbekistonliklar uchun kirish tartibini qat’iylashtirishi mumkin

Eslatib o‘tamiz, 13-iyuldan boshlab Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Bangladesh va Pokiston fuqarolari uchun mamlakatga kirish tartiblari kuchaytirilgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 15-iyul - Sputnik. Janubiy Koreya bosh vaziri Chon Se Gun COVID-19 tarqalishiga qarshi karantin choralari kuchaytirilgan davlatlar ro‘yxat kengaytirilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qildi, deb xabar qiladi Tashqi migratsiya agentligi matbuot-xizmati.

Mirziyoyev: koronavirusga qarshi kurash uchun bizda zaxira va imkoniyatlar mavjud

Ta’kidlanishicha, ro‘yxatga yangi kiritilayotgan mamlakatlar fuqarolariga qat’iy karantin choralarini qo‘llash belgilanmoqda: xususan, ro‘yxatga kiritiladigan mamlakatlardan keluvchilarga vizaga doir cheklovlar, kirish reyslariga ta’qiq qo‘yilishi mumkin yoki COVID-19 yo‘qligini tasdiqlovchi test xulosasi so‘raladi.

Ta’kidlanishicha, ro‘yxatga boshqa davlatlar qatorida O‘zbekiston va Filippin ham kirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 13-iyuldan boshlab Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Bangladesh va Pokiston fuqarolari uchun mamlakatga kirish tartiblari kuchaytirilgan edi.

14 iyul kuni e’lon qilingan axborotga ko‘ra, Janubiy Koreyada bir sutka davomida COVID-19ga chalinganlik bo‘yicha 33ta yangi holat qayd etilgan. Ularning aksariyati chet eldan kirib kelganlarda aniqlangan. Mamlakatda virusga chalinganlarning umumiy soni 13 512 nafarga yetgan, shundan 12 282ta holatda bemorlar sog‘aygan.