Sabr tagi - sariq oltin: migrantlarning Rossiyadan pul o‘tkazmalari keskin ko‘tarildi

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistondan kelganlar Sputnik nashriga Rossiyada ishlash ularni qanday qilib muvaffaqiyatli qilgani haqida so‘zlab berishdi.
Sputnik

TOShKENT, 14-iyul - Sputnik, Danara Kurmanova. Rossiya hukumati COVID-19 pandemiyasi tufayli kiritilgan qator cheklovlarni olib tashlaganidan keyin iqtisodiy faollik tiklana boshladi. Bu mehnat migrantlariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonga pul o‘tkazmalarining o‘sishi boshlandi. Bu haqida Sputnik nashriga bir qator to‘lov operatorlari ma’lum qildi.

COVID tufayli Markaziy Osiyoga pul o‘tkazmalari keskin kamayadi - Jahon banki

“Yunistrim” kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra, may oyidan buyon MDH mamlakatlarida pul o‘tkazmalari bozori sezilarli o‘sishni ko‘rsatmoqda. Xususan, Rossiyadan Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 2020-yil may-iyun oylarida mart-aprel oylariga qaraganda har bir mamlakat uchun qariyb 25 foizga oshdi, deyiladi matbuot xizmati sharhida.

“Zolotaya korona” xizmati ham may oyi oxirida pul o‘tkazmalari bozori bahor boshidagi qulashni deyarli qoplab bo‘ldi.

“Mart oyi natijalari bo‘yicha pul o‘tkazmalari hajmi 2019-yil martiga nisbatan o‘n foizga kamaydi, aprel oyida esa pasayish 50 foizga yetdi, - deb ma’lum qilishdi kompaniya matbuot xizmatida. - Ammo hozirda may-iyun oylaridagi asosiy ko‘rsatkichlar 2019-yilning shu davridagi ko‘rsatkichlariga deyarli teng”.

“Zolotaya korona” va “Yunistrim” pul o‘tkazmalarining mutlaq miqdori to‘g‘risida ma’lumot berishdan bosh tortishdi. Bozorning boshqa ishtirokchilari Sputnik so‘rovlariga javob bermadi.

Rossiya Markaziy banki hozircha may va iyun oylari uchun o‘tkazmalar bo‘yicha statistik ma’lumotlarni tayyorlamagan, deya tushuntirdi tashkilot matbuot xizmati. Ammo o‘tkazmalar o‘sishi MDH davlatlarining tartibga soluvchilari tomonidan qayd etilmoqda.

Pandemiya pul o‘tkazmalarini qanchaga kamaytiradi?

Qirg‘iziston Milliy bankining ma’lumotlariga ko‘ra, aprel oyida mamlakatga atigi 76,3 million dollar o‘tkazilgan (bu 2019-yilning shu davriga nisbatan uch baravar kam), ammo may oyida o‘tkazmalar 165,3 millionni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ham pul o‘tkazmalarining o‘sishini ham qayd etdi, may oyida xalqaro pul o‘tkazmalari 485 million dollarni tashkil etdi. Aprel oyida bu summa 235 million dollarni tashkil etgan edi.

Dastlab Rossiya Markaziy banki hisobotlari ham pasayishni ko‘rsatgan. Markaziy bank matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning birinchi choragida Qirg‘izistonga o‘tkazmalar miqdori 358,526 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2019-yil xuddi shu davrda mamlakatga 453,344 million dollar o‘tkazilgan. Salbiy statistikani Tojikiston ham ko‘rsatdi: o‘tgan yilning birinchi choragida 462,429 million dollar o‘tkazilgan bo‘lsa, bu yilgi shu davrdagi ko‘rsatkich 359,050 million dollarga teng bo‘ldi. Eng sezilarli pasayish O‘zbekistonda kuzatildi - o‘tgan yilning birinchi choragida mamlakatga jo‘natilgan 1 216,162 million dollar o‘rniga, 2020-yil shu davrida 759,206 million AQSh dollari o‘tkazildi.

Baribir ishlashda davom etishdi

Moliyaviy oqimlarning tez tiklanishiga sabablar bir nechta bo‘lishi mumkin. Birinchidan, pandemiya sababli barcha mehnat migrantlari ham uylariga ketmagan. Ba’zilar Rossiyada qolib, o‘z oilalariga pul jo‘natishni davom ettirish uchun hatto to‘liqsiz bandlikda ishlashga yoki ish haqini kamaytirishga ham rozi bo‘lishdi.

Shunday qilib, Moskvadagi Park Inn Izmailovo mehmonxonasi xizmatchisi Jumagul Tashpo‘latova o‘zini o‘zi yakkalash rejimi paytida Qirg‘izistonga ketmasdan ishlashni davom ettirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mehmonxona o‘z xonalarini koronavirus bilan kurashayotgan shifokorlarga taqdim etgan.

 

Sabr tagi - sariq oltin: migrantlarning Rossiyadan pul o‘tkazmalari keskin ko‘tarildi

 

“Men ishdan bo‘shab ketishimga biron bir sabab ko‘rmadim, garchi biz xlor bilan besh soatlab ishlagan bo‘lsak ham, - deydi u. - Chegaralar darhol Moskvaga qaytish qachon ochilishi noma’lum, men qarindoshlarimga yordam berishim kerak. Buning ustiga asosiysi – ishlash shartlari. Mehmonxona bizning xavfsizligimiz haqida g‘amxo‘rlik qildik. Bizning mahsus kiyimlarimiz bo‘lgan, har uch soatda niqoblar va qo‘lqoplar almashtirildi, antiseptiklar doim shay edi”.

Ba’zi migrantlar esa ish miqdori tufayli o‘zini o‘zi yakkalash rejimini sezmadi ham, deydi mehmonxona menejeri Manzura Muhiddinova. U toshkentlik. Shu oylar davomida u ham oilasiga pul jo‘natib turgan.

“Ko‘p narsa rahbariyatga ham bog‘liq, - deydi u. - Agar migrant yaxshi munosabatda bo‘lishayotganini his qilsa, millati bo‘yicha ajratishmayotganini his qilsa, u o‘z ishiga mahkam turadi, ketib qolmaydi. Masalan, men ham xizmatchi sifatida boshlaganman, rahbar bo‘ldim. Albatta, men havo qatnovi to‘xtaganligi sababli birinchi navbatda mehmonxonalar zarar ko‘rishi va ular bizning maoshimizni qisqartirishi mumkinligiga tayyor edim, ammo men baribir qolishni xohladim”.

 

Sabr tagi - sariq oltin: migrantlarning Rossiyadan pul o‘tkazmalari keskin ko‘tarildi

 

Quruvchilar Zoom ga o‘tib ketishdi

Yana bir sabab shundaki, markaziy osiyoliklar so‘nggi 20-yil ichida o‘zgargan. Ular Rossiyada hayotga ko‘nikib qolgan va ketish o‘rniga pul topishning yangi usullarini izlay boshladilar, deydi muhojirlar bilan ishlash bo‘yicha ekspert Farog‘at Jo‘rayeva.

"Men o‘zim ham migrantman, - deydi u. - Men Tojikistonda, keyin Qirg‘izistonda yashadim. 2003-yilda Moskvaga ko‘chib o‘tdim. Vatanimda mutaxassisligim bo‘yicha ishladim, nemis tilidan dars berdim, bu yerda birinchi yillarda sotuvchi bo‘lib ishlashimga to‘g‘ri keldi. Hakamlik sudlari va mikrokredit tashkilotlariga tarjimon sifatida joylashishimga vaqt ketdi”.

Ikki yil oldin Farog‘at o‘z biznesini ochdi.

 

Sabr tagi - sariq oltin: migrantlarning Rossiyadan pul o‘tkazmalari keskin ko‘tarildi

 

"Mening erim quruvchi va uni bir necha bor aldashgan, - deydi u. - Shartnomalarni imzolab berishmagan, pul to‘lashmagan, biz esa hech narsani isbotlay olmadik, men bundan juda xafa bo‘ldim! Ammo migrantlar o‘z xatolaridan saboq olishadi. Natijada men o‘z qurilish kompaniyamga asos soldim va biz haqimizda yaxshigaplar yozishadi”.

Rossiyada ishlagan yillari davomida Farog‘at va uning butun oilasining hayot darajasi ancha yaxshilandi. O‘g‘li iqtisodchi bo‘ldi va endi qahvaxona ochmoqchi.

Migrantlarning bolalari bu umuman boshqa avlod deb hisoblaydi Farog‘at. Ularning talablari va orzulari umuman boshqacha. Ular hatto inqirozda ham jinoiy yo‘lga bormaydilar, chunki ular o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha qanday pul ishlashni bilishadi.

“Masalan, bizning qurilish guruhimiz cheklovlar paytida Zoom ga o‘tdi, - deydi Jo‘rayeva. - Biz onlayn-maslahatlarni berdik. Ba’zi mijozlar mustaqil ravishda ta’mirlashni xohladi, ba’zilari esa santexnika bilan bog‘liq muammolarga duch kelishdi, ammo mutaxassisni o‘zini o‘zi yakkalash tufayli chaqirib bo‘lmaydi. Bir ayol esa bizning maslahatlar yordamida devor qog‘ozini o‘zi, choklarini keltirib yopishtirib chiqdi – buni har kim ham uddalay olmaydi”.

Oliy ma’lumotli migrantlar

Migrantlar haqida gap ketganda, malakali mutaxassislarni unutmaslik kerak, deydi qirg‘izistonlik mobil ilovalar ishlab chiqaruvchisi Farhod Shagidov.

“Men Sankt-Peterburgda yashayman va rostini aytsam, ba’zida ko‘pchilik Markaziy Osiyodan kelgan migrantlarni faqat tozalovchi, taksi haydovchisi va yordamchi ishchilar deb hisoblasa hafa bo‘lib ketaman, - deydi u. - Men migrant ekanligimni va Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Belarus va Armanistonda ommaviy bo‘lgan ilova yaratganimni aytganimda, ba’zilari gangib qolishadi”.

Farhod Shagidov singari muhojirlar ham iqtisodiyotga o‘z hissalarini qo‘shmoqda, garchi pandemiya avji paytida ularga ham oson bo‘lmadi.

“Har qanday ilovaning daromadli bo‘lishiga sabab bo‘lgan reklama beruvchilar ham kamayib ketgan, - deydi Farhod. - Ammo vaziyat yaxshilanmoqda, may oyidan vaziyat 20 foizga yaxshilanayotganini kuzatapman”.

 

Sabr tagi - sariq oltin: migrantlarning Rossiyadan pul o‘tkazmalari keskin ko‘tarildi

 

Shagidovning fikriga ko‘ra, davlat tomonidan ko‘rilayotgan choralar ham migrantlarga yordam berdi.

“Masalan, mening ro‘yxatdan o‘tishim avtomatik ravishda uzaytirildi va bu mening hayotimni shubhasiz yengillashtirdi”, - deydi u.

Vaziyatga, shuningdek, ko‘plab migrantlar bir-birlariga yordam berishni boshlaganlari ham ta’sir ko‘rsatdi.

“Biz vatandoshlarni ham moliyaviy tomondan, ham sovg‘alar bilan qo‘llab-quvvatlashga harakat qildik, - dedi Farhod. - Karantin paytida men kelajakda ishchilar talab etiladigan avtomobil saytini yaratishni boshladim”.

Shu qatorda, chegaralar yopilishi sababli Rossiyada qolgan oliy ma’lumotli chet elliklar majburiy migrantlarga aylanishdi. Dasturiy ta’minot bo‘yicha muhandis Muzaffar Rasulov Moskvaga Tojikistondan konferensiyaga kelgan.

“Men texnik kollejda dars berganman va bu yerda ish qidirish istagim yo‘q edi, - deydi u. - Ammo men uchib keta olmadim va bor yo‘g‘i bir oyga moliyaviy zahiram bor edi holos. Men rezumeni yirik kompaniyalarga yuborishga majbur bo‘ldim”.

Hozirda Rasulov masofadan turib ishlamoqda va kelajakda Rossiyada qolish istagida.

 

Sabr tagi - sariq oltin: migrantlarning Rossiyadan pul o‘tkazmalari keskin ko‘tarildi