TOShKENT, 14-iyul - Sputnik. Amur gazni qayta ishlash zavodi qurilishida sodir bo‘lgan tartibsizliklar yuzasidan prokuratura tekshiruvlari davom etmoqda. Korxonagi viloyat prokurori Ruslan Medvedev yetib kelgan va ishchilar huquqi buzilishi holatini o‘rganmoqda, deb xabar qilmoqda Viloyat prokuraturasi.
Tekshiruv natijasida aniqlanishiga ko‘ra, Gazni qayta ishlash zavodining pudratchisi bo‘lgan va ishchilarni yollagan "Reneysans Xevi Indastris" MChJ tomonidan bir qator qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan:
- Xususan, korxona bir tomonlama tartibda 2 oylik patent to‘lovlarini to‘lash maqsadida ishchilar maoshidan jami 14,4 million rubl ushlab qolgan.
- Ikkinchidan, "Reneysans Xevi Indastris" taklif qilingan xorijiy ishchilar uchun moddiy va maishiy sharoit yaratmagani va Rossiyada bo‘lish tartib-qoidalari buzilishga yo‘l qo‘ygan.
- Undan tashqari, Svobodnensk shahar prokuraturasi qurilish obyektida ishtirok etayotgan pudratchi tashkilotlar rahbarlariga nisbatan mehnat va migratsiya qonunlarini buzishda ayblov bilan chiqdi.
Shuningdek, ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etgan ishchilarga nisbatan Rossiya JKning "Bezorilik" va "Ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etish" bandlariga muvofiq jinoyat ishlari ham prokuratura nazorati ostiga olingan.
Eslatib o‘tamiz, Amur viloyatidagi Gazni qayta ishlash zavodi qurilishida ishlayotgan mehnat migrantlari 13-may kuni ommaviy tartibsizliklar uyushtirishgan edi. Xususan ular ish beruvchining bir necha avtomobillarini ag‘darib tashlagan va ofislarini vayron qilgani haqida videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.
Bugun Rossiyadagi O‘zbekiston bosh konsuli vaziyatni o‘rganish hamda O‘zbekiston fuqarolarining manfaatlarini himoya qilish maqsadida voqea joyiga yetib borganini xabar qilgan edik.