G‘alaba paradi ishtirokchilari COVID-19 bilan kasallanmadi

Ta’kidlanishicha, bunday natijaga o‘z vaqtida qabul qilingan samarali xavfsizlik choralari tufayli ershishiga muvaffaq bo‘lingan.
Sputnik

TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Rossiyada Ulug‘ Vatan urushining 75-yilligiga bag‘ishlangan G‘alaba paradida ishtirok etgan harbiylarning hech biri koronavirus bilan kasallanmadi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Xuddi 1945-yildagidek: Bu yilgi G‘alaba paradi nima bilan esda qoladi?

Rossiya Mudofaa vazirligi harbiy-tibbiyot bosh boshqarmasi boshlig‘i Dmitriy Trishkinning so‘zlariga ko‘ra, bunday natijaga o‘z vaqtida qabul qilingan samarali xavfsizlik choralari tufayli erishishga muvaffaq bo‘lingan.

U har bir paraddan o‘tuvchi guruhga tibbiyot xodimlari biriktirilgani va ular ishtirokchilarning sog‘lig‘ini nazorat qilish borishganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada 24-iyun kuni G‘alabaning 75-yilligiga bag‘ishlangan parad bo‘lib o‘tdi. Koronavirus pandemiyasi tufayli tantanali tadbirlarni boshqa muddatga qoldirishga to‘g‘ri kelgan edi. Qizil maydonda bo‘lib o‘tgan marosimda jami 225 ta harbiy texnika, 13 ta davlatdan 14 ming askar va zobitlar ishtirok etdi. Rossiya poytaxti uzra parad safida 55 samolyot va 20 vertolot uchib o‘tdi.