Bugun butun Qozog‘iston motam tutmoqda: davlat bayroqlari tushirilgan, televizion va radiokanallar ko‘ngilochar dasturlarni namoyish qilmaydi, davlat tashkilotlari saytlari oq-qora tus olgan.
Soat 12:00 da butun mamlakat bo‘ylab bir daqiqa sukut saqlandi. Marosimda Qozog‘iston prezidenti hamda mamlakatning boshqa rasmiylari ishtirok etdi.
Qozog‘istonda koronavirusdan jami 375 kishi qurbon bo‘lgan. Pandemiya boshlangandan buyon 58 mingdan ziyod kasallanish holati qayd etilgan. 34 mingdan ortiq bemor COVID-19 yenggan