FXX Rostov viloyatida "ID" yacheykasi tomonidan tayyorlanayotgan teraktlarni oldini oldi

FXX xodimlari Rostov viloyatidagi “Islom davlati”* terrorchilik guruhi tomonidan tibbiy va o‘quv muassasalarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan teraktlarning oldini oldi.
Sputnik

TOShKENT, 13-iyul - Sputnik. FXX xodimlari Rostov viloyatidagi “Islom davlati”* terrorchilik guruhi tomonidan tibbiy va o‘quv muassasalarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan teraktlarning oldini oldi, deb xabar qildi maxsus xizmat Jamoatchilik bilan aloqalar markazida.

Rossiya FXX Vladikavkazda terakt oldini oldi - uni IShID* tarafdori tayyorlagan

Bundan tashqari, terrorchilar politsiyachilarga hujumni rejalashtirishgan. FXX xodimlari maxsus operatsiya o‘tkazdi, unda Rostov viloyati Azov tumanidagi guruh rahbari mahsus hizmat hodimlariga qarata o‘t ochganidan keyin yo‘q qilindi.

“Rostov-Don shahridagi shoshilinch tezkor qidiruv tadbirlari va tergov harakatlari doirasida guruhning qolgan besh a’zosi hibsga olindi”, - deyiladi RIA Novosti keltirgan bayonotda.

Hodisa joyida tintuv o‘tkazilganda foydalanishga tayyor qo‘lbola portlovchi moslama, avtomatik o‘qotar qurollar va o‘q-dorilar, shuningdek giyohvand moddalar topildi.

FXX xodimlari orasida jabrlanganlar yo‘q.

Avvalroq Sputnik radiosi FXX mamlakat bo‘ylab ish olib borgan qurol ishlab chiqaruvchi guruhlar faoliyatini bartaraf etgani haqida xabar bergan edi.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.