TOShKENT, 11-iyul - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 179 taga ko‘paydi va 12206 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, yangi kasallanish holatlarining 126 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida aniqlangan.
Toshkent shahrida aholi orasida - 30 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 14 nafar (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 13 nafari aholi orasida), Navoiy viloyatida - 9 nafar (koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida) aniqlangan.
Ayni paytda O‘zbekistonda 7530 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.
Eslatib o‘tamiz, Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, o‘tgan sutka davomida 228 mingta koronavirus bilan bemorlanish holatlarini qayd etdi. Bu pandemiya boshlangandan buyon rekord ko‘rsatkichdir.
Ayni vaqtda koronavirus qayd etilgan bemorlar soni jahonda 12 milliondan ortdi.