BSST koronavirus zaiflashgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi

BSST vakilining so‘zlariga ko‘ra, virusning genetik xilma-xilligi mavjud, ammo bu hech qanday ma’no kasb etmaydi, chunki virus harakatini o‘zgartiradigan genlar o‘zgarishsiz qolgan.
Sputnik

TOShKENT, 10-iyul - Sputnik. Koronavirus o‘zgargani yo‘q, kasallik xuddi avvalgidek jiddiy, deb aytgan RIA Novostiga bergan intervyusida Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich.

Koronavirus qurbonlari, ikkinchi to‘lqin va niqob masalasi - SSV vakili bilan intervyu

"Ko‘pchilik bugun virus o‘z kuchini yo‘qotgani haqida gapirmoqda, lekin bu unday emas. Virus o‘zgargani yo‘q. Uning ta’sirchanligi avvalgidek, kasallik jiddiyligi ham avvalgidek", - degan Vuynovich.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, virusning genetik xilma-xilligi mavjud, ammo bu hech qanday ma’no kasb etmaydi, chunki virusni harakatini o‘zgartiradigan genlar o‘zgarishsiz qolgan.

"Virusning o‘zini tutishi – bu epidemiyaning bir elementidir, ikkinchi elementi – bu odamlarning o‘zini tutishi, chunki virus odamdan odamga o‘tadi. Agar u oqar suvlarda yoki boshqa joyda qolib ketsa - bu muhim emas, sababi, asosiy tarqalish odamdan odamga o‘tish orqali yuz beradi. Agar biz hozirda biz ushbu jarayonlarni sekinlashtirsak, uni erta bosqichda to‘xtata olsak, albatta, u holda kasallik o‘choqlari kattalashib ketmaydi, shunchaki kichik klasterlar mavjud bo‘ladi, ikkinchi to‘lqingacha yetib bormaymiz", - deb hisoblaydi BSST vakili.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya, deb e’lon qildi. BSST taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda 11,8 milliondan ortiq bemorlanish holatlari qayd etilgan, 545 mingdan ziyod kishi vafot etgan.