Rossiya Suriyadagi kimoviy qurolga oid yangi provokatsiya haqida ogohlantirdi

Ta’kidlanishicha, Sarmada shahridagi laboratoriyada jangarilar kamida 15 dona portlovchi moslamani yasab, ularni noma’lum zaharli moddalar bilan to‘ldirgan.
Sputnik

TOShKENT, 8-iyul - Sputnik. “Hayat Tahrir ash-Shom”* guruhi jangarilari Idlibdagi bir qator aholi punktlari atrofida provokatsiya tayyorlamoqda. Bu haqda RIA Novosti Suriyadagi urushayotgan tomonlarni yarashtirish markazi rahbari, kontr-admiral Aleksandr Sherbiskiy so‘zlariga tayangan holda xabar qilmoqda.

Idlibda jangarilar o‘z kimoviy qurolini qo‘llashda zaharlandi

Uning so‘zlariga ko‘ra, terrorchilar rasmiy Damashqni kimoviy qurol ishlatishda ayblash niyatida.

Aleksandr Sherbiskiyning ta’kidlashicha, Sarmada shahridagi laboratoriyada jangarilar kamida 15 dona portlovchi moslamani yasab, ularni noma’lum zaharli moddalar bilan to‘ldirgan.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti