Oyog‘i juda uzun bo‘lgan mo‘g‘ul ayol internet yulduziga aylandi – foto

Uzun oyoqli mo‘g‘ulistonlik ayol internet foydalanuvchilarni hayratda qoldirdi. U dunyodagi eng uzun oyoqli ayollardan biri hisoblanadi.
Sputnik

TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Uzun oyoqli mo‘g‘ulistonlik ayol internet foydalanuvchilarni hayratda qoldirdi. Bu haqda The Daily Mail nashri xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, 29 yoshli Rentsenxorloo Ren Bad Mo‘g‘ulistonda tug‘ilgan, ayni vaqtda Chikagoda istiqomat qiladi.

Nashr yozishicha, u dunyodagi eng uchun oyoqli ayollar biri hisoblanadi. Uning bo‘yi – 206 santimert, oyog‘i esa 134 santimetr 11 millimetrni tashkil qiladi.

“Men eshik oraliqlarini juda yomon ko‘raman, ular men uchun juda past. Men doim ularga boshimni urib yuraman. Shoping esa – bu alohida masala. Ayniqsa, poyabzalning 46 razmerini topish juda qiyin”, - deydi ayol.

Chiroyli oyoqlar ayolga ish topishga yordam berdi. Yaqinda u bo‘yi baland bo‘lgan ayollar uchun legins ishlab chiqaradigan brend bilan hamkorlik qilishni boshladi.