Duma hududlardagi vaziyatga qarab migrantlarga kvota ajratish mexanizmini qo‘llab-quvvatladi

Hujjat ma’lum bir subyektda migratsion holatdan kelib chiqqan holda kvotalar ajratish imkonini, shuningdek, chet ellikka vaqtincha yashashga ruxsat berish uchun asoslar bor-yo‘qligini nazarda tutadi.
Sputnik

TOShKENT, 8-iyul - Sputnik. RF Davlat dumasi birinchi o‘qishda hukumat migratsiya holatini hisobga olgan holda chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash uchun kvotalarining mintaqalarda taqsimlanishini belgilaydigan loyihani qabul qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Putin Rossiya migrantlar oqimiga muhtojligini aytdi

Ushbu loyiha Davlat dumasiga Vazirlar mahkamasi tomonidan kiritildi. Hujjat ma’lum bir subyektda migratsion holatdan kelib chiqqan holda kvotalar ajratish imkonini, shuningdek, chet ellikka vaqtincha yashashga ruxsat berish uchun asoslar bor-yo‘qligini nazarda tutadi.

Loyihaga izoh xatida ta’kidlanishicha, hozirgi paytda RF subyektlarida kvotalarning taqsimlanishi tartibi belgilanmagan.

Shuningdek, unda aytilishicha, federal qonun loyihasi uni rasmiy e’lon qilingan kundan 90 kun o‘tgach kuchga kirishini nazarda tutadi. Bunga sabab - ushbu sohada normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish zaruriyati.

Avvalroq MDH mamlakatlari instituti Iqtisodiyot bo‘limi boshlig‘i Aza Migranyan, pandemiya davrida Markaziy Osiyodan kelgan migrantlarning Rossiyadan katastrofik chiqib ketishi kuzatilmayotganini ta’kidlagan edi. Shu bilan birga, uning ta’kidlashicha, chet ellik ishchilarning RFdan pul o‘tkazmalari miqdori o‘rtacha 5-15 foizga qisqardi.