O‘zbekiston va Eron terma jamoalari Toshkentda o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi

O‘zbekiston va Eron futbol bo‘yicha terma jamoalari 7-sentabr kuni “Bunyodkor” stadionida o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi.
Sputnik

TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Vadim Abramov murabbiyligi ostidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Eronga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar qilmoqda.

O‘zbekistonda Osiyo kubogi-2027 o‘tkazilishi mumkin

“Eron Islom Respublikasi futbol federatsiyasi bilan kelishgan holda, ushbu uchrashuv 7-sentabr kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tishi belgilandi”, - deyilgan xabarda.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo‘shma saralash bosqichidagi qoldirilgan uchrashuvlarni oktabr va noyabr oylarida o‘tkazadi. Ushbu bahslar oldidan MTJ uchun sentabr oyida Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda 4-sentabr kuni O‘zbekiston va Tojikiston milliy terma jamoalarining o‘rtoqlik o‘yini rejalashtirilgani xabar qilingan edi.