TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Qozog‘istonning Turkiston viloyatidagi “Jibek joli” chegara punkti yaqinida uch ming nafar O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari to‘plandi.
Tuman hokimiyati, homiylar va ko‘ngillilar vataniga qaytmoqchi bo‘lgan xorijliklarni oziq-ovqat bilan ta’minlashga yordam bermoqda. Bu haqda Sputnik Qozog‘istonga tuman hokimi o‘rinbosarini Saken Kalkamanov ma’lum qildi.
“Avtoturagohda uch mingga yaqin fuqaro to‘plandi, ulardan ko‘pchiligi – O‘zbekiston fuqarolari. Perimetr bo‘ylab chodirlar qo‘yildi. Sariagash hokimiyati, homiylar va ko‘ngillilarning kuchi bilan bir kunda bir maxal tushlik tashkil qilinmoqda, suv olib kelinmoqda” – dedi Kalkamanov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan haftada O‘zbekiston tomon 200-300 kishidan chegaradan o‘tkazdi.
“Qo‘limizdan kelgan ishni qilyapmiz. Har kuni hudud tozalanadi. Tasavvur qiling, bir joyda uch ming kishi. Ular ketishmayapti, chunki ular chegaradan o‘tishi kerak. Mart oyi, karantin joriy qilingandan beri chegaradan 41 ming o‘zbekistonlik o‘tdi. Hokimiyat hammasini oziq-ovqat bilan ta’minladi. Qolgan mas’uliyat – O‘zbekiston tomonida”, - deb qo‘shimcha qildi Kalkamanov.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval O‘zbekiston TIV O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyadagi fuqarolarga murojaat qilgandi.
Fuqarolarga Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘istonda joriy qilingan karantin choralari, shu jumladan mamlakatlarga kirish bo‘yicha cheklovlar o‘z kuchida qolayotgani yana bir bor eslatildi.
Rossiya hududidagi vatandoshlardan turli yolg‘on xabarlar va mish-mishlarga ishonmaslik, Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegara punktlariga borishga urinmaslik, hozirgi yashash joylarida qolib, karantin choralariga qat’iy rioya qilishlarini so‘ralgan.