Barcha hududlar “qizil” hududga aylantiriladi - Shohrux G‘iyosov

IIV axborot xizmati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, endi Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga ishlovchilarning kirib-chiqishiga ham ruxsat berilmaydi.
Sputnik

TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. AOKAda O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining axborot yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazilmoqda.

“Endi Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga ishlovchilarning kirib-chiqishiga ham ruxsat berilmaydi. Barcha hududlar “qizil hudud”ga aylantirildi”, — dedi IIV axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, stikerga ega avtotransport vositalarining harakatlanishiga ruxsat etiladi.

O‘zbekistonda 1-avgustga qadar karantin choralari keskin kuchaytiriladi

“Biroq ushbu masalani bugun yaxshilab o‘rganib, ertaga o‘tkaziladigan brifingda aniq javobni aytishim mumkin”, - deya qo‘shimcha qildi G‘iyosov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 10-iyuldan 1-avgustga qadar karantin choralari keskin kuchaytirilmoqda. Jumladan, avtotransport vositalarining harakati cheklanmoqda, hududlar o‘rtasida avtotransport vositalari qatnovi taqiqlanmoqda. Shuningdek, to‘y hamda boshqa oilaviy marosimlarni o‘tkazish taqiqlanmoqda.