TOShKENT, 7-iyul – Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi deputatlari Hukumatga tonirovka narxini pasaytirish taklifi bilan chiqishdi. Bu haqida Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev o‘z telegram kanalida xabar qilmoqda.
Taklifda, xususan, 1-maydan 30-sentabrga qadar avtotransport vositasining orqa oynalarini (100%) va old yon (30%) oynalari tonirovka qilishga ruxsat berish tartibini joriy qilish va buning uchun BHMning 10 baravari (2 230 000 so‘m) miqdorida to‘lov joriy etishni taklif etishgan.
G‘aniyev yozishiga ko‘ra, kuchli quyosh nuri - inson mehnati samaradorligi 15%gacha pasayishi, uning terisi erta qarishi, ko‘z to‘rpardasi zararlanishi va teri saratoniga sabab bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda tonirovka uchun yillik to‘lov 11 mln 150 ming so‘mni tashkil qiladi.