Sentabrda ilk bor MDH O‘yinlari o‘tkaziladi

MDH o‘yinlari sportning 22 turi bo‘yicha o‘tkaziladi, unda 14 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar ishtirok etadi.
Sputnik

TOShKENT, 7-iyul - Sputnik. Tarixda ilk bor sportning 22 turi bo‘yicha Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi O‘yinlari o‘tkazilishi mumkin. Bu haqida bugun, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi.

Bugun MDH sport vazirliklari vakillari ishtirokida ushbu mavzuga bag‘ishlangan videokonferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda sport vazirining birinchi o‘rinbosari Ravshan Ermatov ishtirok etdi.

Rossiya birinchi bo‘lib MDH mamlakatlariga avia-parvozlarni tiklaydi

MDH o‘yinlari 4-11 sentabr kunlari sportning 22 turi bo‘yicha bellashuvlar o‘tkaziladi. Boks, sohil voleyboli, stol tennisi, badiiy gimnastika, suv polosi shular jumlasidan. Sportchilar bellashuvlarda 284 ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib borishadi.

Musobaqalarda 14 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar ishtirok etadi. Hozircha sport o‘yinlarida MDHga a’zo 7 mamlakatdan ming nafardan ortiq delegatlar qatnashishi kutilmoqda. Barcha delegatsiya a’zolarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni onlayn tarzda akkreditatsiya tizimida amalga oshiriladi.

O‘yinlar Qozon shahrining 14ta sport inshootida bo‘lib o‘tadi. Musobaqalar davomida “Sportchilar qishlog‘i”da ishtirokchilar uchun tibbiy markaz tashkil etilib, sport inshootlaridagi doping nazorat punktlari ochiladi. Shuningdek, bepul tibbiy yordam xizmatlari ham yo‘lga qo‘yiladi. 

O‘zbekistonlik sportchilarning ushbu musobaqalarda ishtirok etishi bo‘yicha tegishli qarorni Respublika maxsus komissiyasi qabul qiladi, deyilgan xabarda.