TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Buxoroda qaynota va kuyovning janjali jinoyat ishi ochilishi bilan yakunlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.
Hodisa 26-iyun kuni Buxoro shahrida joylashgan Perinatal markazi oldida sodir bo‘lgan. 30 yoshli N.R. kuyovi J.S. bilan janjallashgan. Bunga o‘zaro oldindan bo‘lgan kelishmovchilik sabab bo‘lgan. N.R. ularni ajratish uchun kelgan ayolni do‘pposlab, o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.