Mijozlarni “kipriksiz” qoldirdi: salon ishchisi 52 ming dollarga chuv tushdi

Toshkentda salon ishchisi tanishiga Janubiy Koreyadan manikur va kiprik o‘stirish moslamasini olib kelishi uchun 52 ming dollarni ishonib topshirgan.
Sputnik

TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Toshkentda salon ishchisi firibgar tuzog‘iga ilindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xabarda yozilishicha, Yakkasaroy tumani IIO FMBga Muqimiy ko‘chasidagi go‘zallik saloni ishchisi 29 yoshli U.M. ariza bilan murojaat qilgan.

Toshkentda 2300 dan ziyod kishini chuv tushirgan agentlik qalloblari ustidan sud boshlandi

U joriy yilning fevral oyida Janubiy Koreyadan manikur va kiprik o‘stirish moslamasi olib kelish maqsadida undan 52 ming dollar olgan tanishi 28 yoshli S.R.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.

Aniqlanishicha, tanishi na moslama olib kelgan, na pullarni qaytargan. U pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.

O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168 moddasi 4 qismi (Firibgarlik) bilan jinoiy ish ochilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.