Qoraqalpog‘istonda chorvachilik uchun auksionsiz yer berilishi mumkin

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan bir vaqtning o‘zida kompensatsiya bilan birgalikda kafillik ham beriladi.
Sputnik

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. “Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tumanlarida yirik va mayda shoxli naslli chorva mollarini sanoat usulida, shuningdek, yaylov va pichanzorlarda haydab boqish, chorva mollari uchun ozuqa ishlab chiqarish, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun loyiha tashabbuskorlariga:

Aholi va tadbirkorlar 3 oyga mol-mulk va yer solig‘i to‘lashdan ozod etiladi

- chorva mollarini sanoat usulida boqish uchun sug‘oriladigan yerlar hamda ularni haydab boqish uchun pichanzor va yaylovlar, chorvachilik komplekslari, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash, omuxta yem ishlab chiqarish maqsadida bino va inshootlar qurish uchun qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yer uchastkasi bo‘lmagan taqdirda, unumdorligi past sug‘oriladigan yer uchastkalari, istisno tariqasida, tanlov va auksion o‘tkazmasdan Komissiyaning tavsiyasiga asosan ajratib beriladi;

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan bir vaqtning o‘zida kompensatsiya bilan birgalikda kafillik ham beriladi.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining kompensatsiya va kafilligidan foydalangan ushbu hududdagi chorvachilik sohasidagi tadbirkorlik subyektlariga, ularning kredit bo‘yicha qarzdorligi to‘liq qoplanmaguncha, istisno tariqasida, jamg‘armaning kafilligidan foydalanishga ruxsat beriladi.

Eslatib o‘tamiz, prezidentning tegishli qarori bilan yuqoridagi imtiyozlar faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasining Bo‘zatov, Mo‘ynoq, Taxtako‘pir va Qo‘ng‘irot tumanlari uchun tatbiq qilingan edi.