"O‘zbekiston Shveysariyasi" mahalliy sayyohlar uchun cho‘ntakbop bo‘ladi

Mahalliy hukumat nafaqat turistlarning qulay hordiq chiqarishi, balki ular salomatligi xavfsizligini ta’minlash borasida ham qayg‘urgan. Bu uchun nafaqat huquqni muhofaza qilish organlari vakillari, balki turistik politsiya xizmatlaridan ham foydalanilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 4-iyul - Sputnik. Toshkent viloyatida turistik sezon o‘z faol fazasiga kirdi va boshqa viloyatlar aholisini qarshi olishga tayyor, deb ma’lum qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Toshkent viloyati hokimligi turizm departamentining turistik infratuzilmani muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqarma rahbari Erkin Norboyev.

"Chorvoq" erkin turistik zonasi bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

Norboyevning so‘zlariga ko‘ra, yozgi dam olish mavsumida mahalliy aholi xalqaro reyslar ochilishini kutib o‘tirmasdan, "O‘zbekiston Shveysariyasi" nomini olgan - so‘lim Bo‘stonliq go‘shasida dam olishlari mumkin.

Koronavirus pandemiya tufayli turizm sohasi katta inqirozlarga yuz tutganiga qaramay, viloyat mutasaddilari bosh vazir topshirig‘iga asosan Bo‘stonliq tumanidagi dam olish go‘shalari, tog‘li hududlarda mahalliy turistlarning hordiq chiqarishlari uchun cho‘ntakbop shart-sharoitlarni yaratmoqda.

Xususan, Toshkent shahri va viloyatlardan tashrif buyuradigan turistlar uchun bu yerda yengil konstruksiyali palatka-shaharchalar, kempinglar va konteynerli qurilmalar bunyod etilmoqda.

"Ular keng ommaga mo‘ljallangan va cho‘ntakbop narxlarda bo‘ladi", - deya aniqlik kiritdi Norboyev.

O‘zbekistonda turizm uch bosqichda tiklanadi

Shuningdek, yo‘l oldi infratuzilmasi bo‘ylab ham qulay va arzon turar-joylar: mehmonxonalar, xostellar va mehmon-uylar vujudga keltirilmoqda.

Mahalliy hukumat nafaqat turistlarning qulay hordiq chiqarishi, balki ular salomatligi xavfsizligini ta’minlash borasida ham qayg‘urgan. Turistlar xavfsizligi uchun barcha shart-sharoitlar hozirlangan. Bu uchun nafaqat turizm departamenti xodimlari, balki tegishli instruktajdan o‘tgan turistik politsiya xizmatlaridan ham foydalanilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 1-iyun sanasidan O‘zbekistonning "yashil" va "sariq" hududlarida ichki turizm qayta yo‘lga qo‘yilgan edi. Turoperatorlar, turagentliklar, madaniyat obyektlari sanitariya-gigiyena normalari va talablariga qat’iy amal qilgan holda o‘z faoliyatlarini boshlashlashlari belgilangandi.