AQSh razvedkasi narkotiklar savdosi ishtirokchisi - Rossiya TIV

Oldinroq New York Times amerika razvedkasidagi anonim manbalariga tayanib, RF harbiy razvedkasi toliblarga aloqador jangarilarga Afg‘onistondagi amerika soldatlariga hujum uchun mukofot puli taklif etgani haqida maqola e’lon qilgan edi
Sputnik

TOShKENT, 4-iyul – Sputnik. Rossiyani toliblar bilan til biriktiruvda ayblayotgan AQSh razvedkasi narkotrafikka aralashgan, bu Qobuldagi har bir afg‘onga ayon, deb bayonot qildi RF Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, Rossiya TIVning Osiyo ikkinchi departamenti direktori Zamir Kabulov "Rossiya-1" telekanaliga bergan intervyusida.

AQSh "toliblar bilan til biriktirganlik" uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritmoqchi

"O‘sha yerdagi loyihalardan ajratiladigan son-sanoqsiz ulushlar biznikilarni narkotrafikda ayblayotgan ajabtovur amerikalik razvedkachilar ishtiroki tufaylidir. Ularning samolyotlari Qandahor va Bagramdan hech qanday tekshiruvsiz istalgan tomonga - istasa Germaniyaga, istasa Ruminiyaga qarab uchadi. Albatta, shunday biznes-ku. Qobulda istalgan afg‘on sizga bu haqda gapirib berishi mumkin, hatto, eng dangasasi ham bu mavzuda gapirishga tayyor. Bu hammaga ayon bo‘lgan sir ko‘pchilikning joniga tegib bo‘lgan. Barcha bu holatga allaqachon qo‘l siltagan", - dedi Kabulov.

Oldinroq New York Times amerika razvedkasidagi anonim manbalariga tayanib RF harbiy razvedkasi toliblarga aloqador jangarilarga Afg‘onistondagi amerika soldatlariga hujum uchun mukofot puli taklif etgani, AQSh prezidenti Donald Tramp bu haqda xabardor etilgani haqida maqola e’lon qilgan edi.

NYT Rossiyaning toliblar bilan "til biriktiruvi"ga doir yangi maqolani chop etdi

Holat bo‘yicha dalillar taqdim etilmagan.

AQShdagi RF elchixonasi sal oldin Rossiya va Afg‘oniston haqidagi xabarlardan so‘ng diplomatlar nomiga kelib tushayotgan tahdidlar tufayli mamlakat hukumatidan bu holatga adekvat reaksiya bildirishni talab qilgan. RF TIV ommaviy axborot vositalarida chop etilgan xabarlarni "feyk", deya atadi. Tramp ushbu maqolani "buyurtma", deb hisoblashini ma’lum qildi.

Demokratlar Rossiya va toliblar "til biriktiruvi" haqida razvedka hisobotini talab qilmoqda >>>

Oq uy, Pentagon va AQSh razvedkasi ushbu xabarlar hozircha o‘z tasdig‘ini topmagani va Tramp bu haqda ogohlantirilmagani haqida bayonot bermoqda.

Trampga ko‘ra, Rossiyaning toliblar bilan til biriktiruvi o‘zi va Respublikachilar partiyasiga ziyon yetkazish uchun o‘ylab topilgan.