O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 9200 taga yaqinlashdi

Yangi kasallanish holatlarining 48 tasi Toshkent shahrida qayd etilgan: 32 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 16 nafari aholi orasida topilgan.
Sputnik

TOShKENT, 3-iyul - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 121 nafarga oshdi va 9199tani tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

O‘zbekistonda koronavirus RNKsini aniqlaydigan test ishlab chiqildi

Yangi kasallanish holatlarining 69 nafari Surxondaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan. 48 nafari Toshkent shahrida (shundan 32 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 16 nafari aholi orasida), 4 nafari Toshkent viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Ayni paytda mamlakatda 6034 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (65 foiz) sog‘aygan.

Hozirda O‘zbekistonda 3138 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 16 nafari og‘ir, 8 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi. BSST taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda 10,5 million kasallanish holatlari qayd etilgan, 512 mingdan ziyod inson vafot etgan.