Mudofaa vazirligi vaksina sinovidan o‘tayotgan ishtirokchilar ahvoli haqida xabar berdi

Sinov ikki hafta oldin Gamaley nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya tadqiqotlari markazi bilan hamkorlikda boshlangan. U iyul oxiriga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan.
Sputnik

TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda yaratilgan vaksinalar sinovida ishtirok etayotgan ko‘ngillilar o‘zlarini yaxshi his etmoqdalar, deb xabar berdi harbiy idora matbuot-xizmati.

O‘zbekistonda koronavirus RNKsini aniqlaydigan test ishlab chiqildi

18 iyun kuni vaksinaning ikkita komponentidan bittadan olgan birinchi guruh ishtirokchilaridan hech qaysi o‘z sog‘lig‘idan shikoyat qilmagan. Kuzatilishi kerak bo‘lmagan jiddiy holatlar ham qayd etilmagan.

23 iyun kuni vaksinaning birinchi tarkibiy qismini olgan va shundan so‘ng 21 kun o‘tib ko‘rsatmalarga asosan ikkinchi komponent kiritiladigan ikkinchi guruh tarkibi ham o‘zini normal his qilmoqda, asoratlar va nojo‘ya ta’sirlar yo‘q.

Sinov ikki hafta oldin Gamaley nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya tadqiqotlari markazi bilan hamkorlikda boshlangan. U iyul oxiriga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan.