Mirziyoyev Sog‘liqni saqlash vazirligida muhim tayinlovlarni amalga oshirdi

Tayinlovlarning aksariyati vakant o‘rinlarni to‘ldirish hamda sog‘liqni saqlash tizimi oldida turgan dolzarb vazifalarni hal etish bilan bog‘liqdir
Sputnik

TOShKENT, 3-iyul - Sputnik. Sog‘liqni saqlash vaziri to‘rt nafar yangi o‘rinbosarga ega bo‘ldi.

O‘zbekiston prezidentining 3-iyuldagi tegishli qaroriga asosan Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga Ulug‘bek  Sabirov tayinlandi.

Basitxanova Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

Sabirov 1974-yilda tug‘ilgan. 1997-yilda Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti (hozirgi Toshkent tibbiyot akademiyasi)ning davolash ishi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan, tibbiyot fanlari doktori.

Tayinlovga qadar Dermatologiya va venerologiya ilmiy tekshirish institutida turli lavozimlarda ishlagan. 2013-yildan ayni paytga qadar Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori lavozimida samarali faoliyat yuritib kelgan.

Basitxanova Elmira Irkinovna yana vazirlikka qaytdi, u vazir o‘rinbosari etib tayinlandi.

Shuningdek, Moliya vaziri o‘rinbosari Shaxrux Sharaxmetov Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shu vaqtgacha ushbu lavozimda faoliyat ko‘rsatib kelgan Baxodir Nizomov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan o‘z lavozimidan ozod etildi.

Sharaxmetov 1977-yilda tug‘ilgan. 1998-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1999-yilda esa Buyuk Britaniyaning Ekseter universitetini iqtisodchi, moliya va investitsiyalar mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Mirziyoyev sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirish tizimini tanqid qildi

Tayinlovga qadar Moliya vaziri o‘rinbosari lavozimida samarali faoliyat ko‘rsatib kelgan.

Tayinlovlarning aksariyati vakant o‘rinlarni to‘ldirish hamda sog‘liqni saqlash tizimi oldida turgan dolzarb vazifalarni hal etish bilan bog‘liqdir.

Shuningdek, O‘zbekiston prezidentining tegishli qaroriga asosan Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga Abdulla Azizov tayinlandi.

Azizov 1981-yilda tug‘ilgan. 2003-yilda Yaponiyaning Nagoya universitetini, 2004-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini moliya va xalqaro biznes yo‘nalishi bo‘yicha magistr darajasini olgan.

Shuningdek, Daniyaning Orxus universiteti magistraturasini, Orxus texnika kollejini IT-dasturchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlab, ushbu yo‘nalishda mehnat faoliyatini boshlagan.

Tayinlovga qadar 2006 – 2019-yillarda Daniyada qator nufuzli kompaniyalarda mas’ul lavozimlarda ishlagan. 2019-yil sentabr oyidan ayni paytga qadar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida samarali faoliyat yuritib kelgan.