O‘zbekistonda Osiyo kubogi-2027 o‘tkazilishi mumkin

O‘zbekistondan tashqari 2027-yilgi Osiyo kubogi bahslarini qabul qilish huquqi uchun Hindiston, Eron, Qatar va Saudiya Arabistoni ham ariza topshirgan.
Sputnik

TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Qit’aning futbol bo‘yicha eng nufuzli chempionatlaridan biri 2027-yilgi Osiyo kubogi O‘zbekistonda o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda Osiyo futbol konfederensiyasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

“O‘zbekistonlik bolalarda “yangi Messi” bo‘lish uchun imkoniyat yetarli” - Diyor Imomxo‘jayev

O‘zbekistondan tashqari Osiyo kubogi bahslarini qabul qilish huquqi uchun Hindiston, Eron, Qatar va Saudiya Arabistoni ham ariza topshirgan.

OFK har bir talabgor a’zo assotsiatsiya bilan tender jarayoniga doir zaruriy hujjatlar ustida ish olib boradi.

XIX Osiyo kubogining rasmiy mezboni 2021-yilda e’lon qilinishi rejalashtirilgan.