Koronavirusning yengil shaklini uyda davolash uchun tavsiyanoma ishlab chiqildi

O‘zbekistonda koronavirusning yengil shaklini uyda davolash uchun BSST tavsiyanomalariga asoslangan yo‘riqnoma ishlab chiqildi.
Sputnik

TOShKENT, 2-iyul - Sputnik. COVID-19ning yengil shaklini uy sharoitida davolash uchun Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi tomonidan Vaqtinchalik qo‘llanma ishlab chiqildi, deb xabar qildi muassasa matbuot xizmati.

Moskvada koronavirusdan uyda davolanish tartibi qanday?

Qo‘llanma BSST tavsiyanomasi asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda uy sharoitida davolanayotgan bemorlar, ularning oila a’zolari va ularni nazorat qilib turgan tibbiyot xodimlari uchun yo‘riqnomalar, shuningdek o‘z-o‘zini kuzatuv varaqasini to‘ldirib borish haqida ko‘rsatmalar berilgan.

Tibbiyot xodimlari uchun tayyorlangan tavsinomalar, COVID-19ning bugungi kunda ma’lum bo‘lgan barcha klinik belgilari, ijobiy natijaga olib kelgan samarali davolash uslublari hamda mutaxassislar xulosalari keltirib o‘tilgan.

Ushbu protokol birinchi navbatda tez yordam shifokorlari, umumuiy profilli shifokorlar, infeksionistlar, terapevtlar, pediatrlar, pulmonologlar, otolaringologlar, kardiologlar, nevropatolog va hamshiralar uchun mo‘ljallangan.

Bemorni uyida davolash haqidagi qaror – kasallikning klinik holati, davlash uchun kerak bo‘ladigan mulajalar soni, kasallik og‘ir shaklga o‘tish xavfi hamda bemorning uyida kasallikka chalinish xavfli bo‘lgan oila a’zolari borligiga qarab, har bir holatda alohida belgilanadi. Kasallik keskin og‘irlashishi xavfi bo‘lmagan hollarda bemorga uyida davolanishga ruxsat beriladi.

Qo‘llanmada shuningdek bemor va uning oila a’zolari bilan ham doimiy ravishda sanitar-ta’limiy ish olib borish va bemorning holini doimiy kuzatib borish ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 1-iyulga qadar COVID-19ga chalingan bemorlar faqat shifoxona sharoitida davolanar edi. Iyun oyining oxirida Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi xalqaro tajribaga asoslangan holda, koronavirus yengil kechayotgan bemorlarni uy sharoitida davolash haqida yo‘riqnoma ishlab chiqdi. Ayni damda ushbu yo‘riqnoma Sog‘liqni saqlash vazirligiga tasdiqlash uchun yo‘naltirilgan.