Buxoroda Cobalt yuk mashinasiga kelib urildi: uch kishi hayotdan ko‘z yumdi

21 yoshli Cobalt haydovchisi oldinda harakatlanib ketayotgan Mercedes-Benz 1841 LS yuk avtomashinasining orqa qismiga borib urilgan. Natijada o‘zi va ikki yo‘lovchisi qurbon bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Buxoro uch kishi ayanchki yo‘l-transport hodisasi qurboni bo‘ldi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.

Hodisa 01-iyul kuni Peshko‘ tumani hududidan o‘tuvchi A-380 yo‘lining Xorazm-Buxoro yo‘nalishida sodir bo‘lgan. 21 yoshli Cobalt haydovchisi oldinda harakatlanib borayotgan 52 yoshli Yu.Sh.ning boshqaruvida bo‘lgan Mercedes-Benz 1841 LS yuk avtomashinasining orqa qismiga borib urilgan.

Buxoroda Cobalt yuk mashinasiga kelib urildi: uch kishi hayotdan ko‘z yumdi

Natijada Cobalt haydovchisi H.S. va yo‘lovchi sifatida ketayotgan 22 yoshli S.Y. hamda 50 yoshli P.N.lar hodisa joyda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.