Rossiyada konstitutsiyaga o‘zgartish kiritish bo‘yicha so‘nggi ovoz berish kuni o‘tmoqda

Markaziy saylov komissiyasida ta’kidlanganidek, Markaziy saylov komissiyasining maxsus yig‘ilishini talab qiladigan jiddiy qoidabuzarliklar aniqlanmadi. Umumrossiya jamoat fikrini o‘rganish markazi (VSIOM) ma’lumotlariga ko‘ra, saylovchilarning ishtiroki 55% dan oshdi.
Sputnik

TOShKENT, 1-iyul - Sputnik. Bugun mamlakatning Asosiy qonuniga o‘zgartirish kiritish zaruriyati bo‘yicha umumrossiya ovoz berishining oxirgi kuni. Darvoqe, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham ovoz berishda qatnashdi va aynan masofadan emas, balki shaxsan barcha xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda.

Putin Konstitutsiyaga kiritiladigan tuzatishlarni qadriyatlarning mustahkamlanishi, deya atadi

RF Markaziy saylov komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, ovoz berishda (Moskva vaqti bilan) soat 10.00 ga ovoz beruvchilarning eng yuqori ko‘rsatkichi Chechnyada qayd etildi - 85,66%.

Shuningdek, Tuva Respublikasida ham ovoz beruvchilarning yuqori - 86,32% ishtiroki qayd etildi.

Hozirgi vaqtgacha ovoz berishda Markaziy saylov komissiyasining maxsus yig‘ilishlarini talab qiladigan jiddiy qoidabuzarliklar aniqlanmadi. Bu haqda Rossiya Markaziy saylov komissiyasi rahbari Ella Pamfilova ma’lum qildi.

Barcha hududlarda zarur xavfsizlik talablariga rioya qilinmoqda: kirish joylarida antiseptiklar o‘rnatilgan va barcha fuqarolarning harorati o‘lchanmoqda.

Saylov uchastkalari hodimlari hatto eng g‘aroyib ovoz beruvchilarni ham e’tiborsiz qoldirmayaptilar. Masalan, Barnaulda ovoz berish uchun hayvonot bog‘i direktori o‘rinbosari Dasha laqabli ayiqcha bilan kelgan.

Boshqa majburiy sanitariya talablari qatorida - barcha kabinalarni majburiy dezinfeksiya qilishdir. Bundan tashqari, uchastka hodimlari 1,5 metrlik zarur ijtimoiy masofani ta’minlashga e’tibor berishmoqda.

Putin Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar tufayli hadiksirayotgan G‘arbga javob berdi

Biror sababga ko‘ra saylov uchastkalariga kela olmagan fuqarolar uylariga, ular ovoz bera olishligi uchun uchastka hodimlari kelishmoqda. Masalan bunday tizim, Chelyabinsk viloyati Solnechniy qishlog‘ida yashovchi Ulug‘ Vatan urushi qatnashchisi Grigoriy Skripovga ovoz berishga imkon berdi.

Shu bilan birga, ovoz berish nafaqat Rossiyada, balki chet elda ham bo‘lib o‘tmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha butunrossiya ovoz berishi 22-aprelga belgilangan edi, ammo mamlakatdagi epidemiologik vaziyat murakkab bo‘lgani sababli uni keyinga qoldirishga qaror qilindi. Keyinchalik prezident ovoz berish 1-iyul kuni bo‘lib o‘tishini e’lon qildi.

Masofaviy ovoz berishda ikki sinov hududi - Moskva va Nijniy Novgorod viloyati aholisi ishtirok etishi mumkin. RF Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartishlar bo‘yicha masofaviy elektron ovoz berish 25-30 iyun kunlari bo‘lib o‘tdi.