O‘zbekistonda koronavirus: 30-iyun asosiy xabarlari

Bugunning o‘zida 73 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 5569 nafarga yetdi.
Sputnik

TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Yevropa Ittifoqi 1-iyuldan qaysi davlatlar uchun o‘z chegarasini ochdi - tafsilotlar

Bir sutka davomida 87 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8385 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanishlar: 72 nafari — karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan), 11 nafari — Toshkent shahrida (7 nafari bemor bilan muloqotda bo‘lgan, 4 nafari aholi orasida), 4 nafari — Toshkent viloyatida (3 nafari bemor bilan muloqotda bo‘lgan, 1 nafari aholi orasida).

Davolanish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 73 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 5569 nafarga yetdi.

Ayni paytda 2791 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

25-o‘lim

Jizzax viloyatida koronavirusning 25-qurboni qayd etildi. Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida yashovchi koronavirusga chalingan 72 yoshli otaxon Q.R. bemor o‘tkir miokard infarkti, o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Karantin kuchayishi

O‘zbekistonda 1-iyuldan karantin choralari kuchaytiriladi.  Respublikaning barcha hududlarida yirik buyum bozorlari hamda buyum savdosi bilan shug‘ullanadigan yirik savdo majmualari haftaning shanba va yakshanba kunlari sanitariya-dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish uchun yopiladi.

Yana Xitoyda: yangi pandemiyani keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan virus aniqlandi

“Qizil” va “sariq” hududlarda soat 07:00 dan 23:00 ga qadar jamoat joylarida uch kishidan ortiq to‘planish hamda 23:00 dan 07:00 ga qadar ko‘chalarda, ko‘p qavatli uylar va hovlilar oldida bo‘lish taqiqlanadi.

“qizil” va “sariq” hududlarda haftaning shanba va yakshanba kunlarida jamoat transporti harakati kamaytiriladi.

Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaymagan davlatlardan (qizil reyslar) O‘zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolarga o‘z hohishiga ko‘ra 14 kunlik karantin nazorati davrini haqini to‘lagan holda mehmonxonada o‘tkazishning vaqtinchalik tartibi tasdiqlandi.

Uyda davolanayotganlar ustidan nazorat

O‘zbekistonda kasallik alomatlarisiz kechayotgan yengil shakldagi bemorlarni uy sharoitida davolash va parvarishlash tartibi ishlab chiqiladi hamda qabul qilinadi.

Shuningdek, ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan uy sharoitida davolanayotgan kasallik alomatlarisiz kechayotgan yengil shakldagi bemorlar va karantinga olingan muloqotdagilarni yashash manzili bo‘yicha qat’iy nazorat olib boriladi.

Uch toifa

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olgan bemorlar uch toifaga ajratilmoqda:
- koronavirus infeksiyasining yengil shakllari aniqlangan (kasallik alomatlarsiz o‘tayotgan) bemorlar;

Jizzaxda COVID-19 dan bir oilaning ikki a’zosi vafot etdi

- koronavirus infeksiyasi o‘rtacha og‘ir kechayotgan (tana harorati ko‘tarilayotgan) bemorlar;

- koronavirus infeksiyasi og‘ir kechayotgan bemorlar. Bu haqda batafsil.

5 mln dollar

Janubiy Koreya hukumati O‘zbekistonda COVID-19 ga qarshi kurashish uchun 5 million dollar miqdorida favqulodda yordam ko‘rsatishga qaror qildi.

Dasturni tez fursatlarda amalga oshirish maqsadida Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOISA)ning Toshkentdagi vakolatxonasi bilan O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash rejalashtirilgan.

Dunyo salomatligi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 10,6 milliondan oshdi, 506 ming kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (2,5 mln), Braziliyada (1,3 mln), Rossiyada (640 ming). Dunyoda COVID-19 pandemiyasi tarqalishi ayrim davlatlarda vaziyat yaxshilanganiga qaramasdan tezlashmoqda.