Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh munosabatlarni rivojlashtirish masalasini ko‘rib chiqadilar

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik, Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqishi kutilmoqda
Sputnik

TOShKENT, 30-iyun - Sputnik. 2020-yilning 30-iyun kuni videokonferens aloqa orqali yuqori darajali "Markaziy Osiyo – AQSh" ("C5+1") shaklidagi navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati xabar bermoqda.

Minskdan Toshkentgacha: Pompeo MDH davlatlarida nima haqda gapirdi va qanday va’dalar berdi

Uchrashuvda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov, Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi, Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin, Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo ishtirok etadi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik, Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqishi kutilmoqda.