O‘zbekistonda bir kunda ikki bemor koronavirusdan vafot etdi

O‘zbekistonda koronavirusning qurboni 22 nafarga yetdi. Bir kunda ikki toshkentlik koronavirusdan vafot etdi
Sputnik

TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirusning 22-qurboni qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi, 42 yoshli D.X. (erkak) joriy yil 20-iyun kuni bosh miya qon aylanishi o‘tkir buzilishi (insult)ning qaytalanishi bilan (2018 yilda birinchi marotaba insult bo‘lgan) o‘ta og‘ir holatda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

O‘zbekistonda shifokor koronavirusning 21-qurboniga aylandi

Bemorda 22-iyun kuni koronavirus aniqlangan va unga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasiga o‘tkazilgan hamda ahvoli keskin yomonlashganligi sababli sun’iy nafas oldirish apparatiga olingan.

Biroq muolajalariga qaramasdan bemor bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi, o‘tkir nafas va o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.

Biroz avval toshkentlik shifokor koronavirusning 21 qurboniga aylangani xabar qilingan edi.