Daroga tushib ketgan qirg‘izistonlik yigitning jasadi O‘zbekistonda topildi

Ochistka dna vodoyema
14 kun avval Norin daroga tushib ketgan qirg‘izistonlik o‘smirning jasadi O‘zbekiston hududida mahalliy aholi tomonidan topildi.
Sputnik

TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. 17 yoshli qirg‘izistonlik o‘smirning jasadi O‘zbekiston hududida topildi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston mamlakat FVVga asosan.

Smotrovaya vishka na kirgizsko-tadjikskom uchastke granitse
Tojik-qirg‘iz chegarasida otishma yuz berdi: bir kishi yaralandi

Yigit 14 kun avval Jalolobod viloyati Oksiy tumanidagi Norin darosiga tushib ketgandi. 10 kun davomida FVV qutqaruvchilari qidiruv ishlarini olib borishdi, ammo natija bermadi.

28 iyun kuni o‘smirning jasadi O‘zbekiston hududida mahalliy aholi tomonidan topildi. U daryo oqimi bilan olib ketgan. Uning shaxsi tasdiqlanib, shu kunning o‘zida jasad qarindoshlarga topshirildi.