Oq uy Rossiyaning Afg‘onistondagi AQSh harbiylari o‘limiga aloqadorligiga shubha bildirdi

Oq uy matbuot kotibi Keyli Makinanining so‘zlariga ko‘ra, Amerika razvedkasi kuniga minglarcha turli ma’lumot taqdim etadi va ular qat’iy ravishda tahlil qilinadi.
Sputnik

TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. AQSh razvedkasi prezident Donald Trampga Rossiya go‘yoki toliblarga Afg‘onistondagi AQSh harbiylariga hujum qilish evaziga mukofot taklif etgani haqida xabar qilmagan. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Keyli Makinani ma’lum qildi.

Rossiya harbiy razvedkasi Afg‘onistondagi buyurtma qotilliklarda ayblanmoqda

“Garchi Oq uy odatda razvedkaning gumon qilgan ma’lumotlari yoki ichki muhokamalarga izoh bermasada, Federal tergov burosi direktori, milliy xavfsizlik maslahatchisi va shtab boshlig‘i tasdiqlashlari mumkinki, na prezident, na vitse-prezident bu haqda xabardor qilingan”, - dedi u.

Keyli Makinanining so‘zlariga ko‘ra, Amerika razvedkasi kuniga minglarcha turli ma’lumot taqdim etadi va ular qat’iy ravishda tahlil qilinadi.

Avvalroq New York Times gazetasi o‘z manbasiga tayangan holda Rossiya harbiy razvedkasi go‘yoki toliblar bilan bog‘liq jangarilarga Afg‘onistondagi Amerika askarlariga hujum qilish evaviga mukofot taklif etgani haqida xabar qilgan edi. Nashr hech qanday dalil keltirmagan.

Rossiya TIV amerika harbiylari buyurtma qotilligida rus harbiy razvedkasining aloqadorligi to‘g‘risidagi mish-mishlarni feyk deb atadi.