O‘zbekiston kimoviy qurolni taqiqlash to‘g‘risidagi Jeneva protokoliga qo‘shildi

Ushbu qonun Qonunchilik palatasi tomonidan may oyida qabul qilingan va o‘tgan haftada Senat tomonidan ma’qullangan.
Sputnik

TOShKENT, 27-iyun - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1925-yilda qabul qilingan "Bo‘g‘uvchi, zaharli yoki boshqa shu kabi gazlar va bakteriologik vositalarning urushda qo‘llanilishini taqiqlash to‘g‘risida"gi Jeneva protokoliga qo‘shilish haqidagi qonunni imzoladi.

Vozrojdeniya orolining biokimoviy sirlari

Ushbu qonun Qonunchilik palatasi tomonidan may oyida qabul qilingan va o‘tgan haftada Senat tomonidan ma’qullangan.

Protokol 1972-yilning 10-aprel kuni Moskva, London va Vashington shaharlarida imzolangan bakteriologik (biologik) va toksik qurollar zaxirasini yig‘ish, ishlab chiqish va ishlab chiqarishni taqiqlash va ularni yo‘q qilish to‘g‘risidagi Konvensiya talablarini mustahkamlovchi hamda to‘ldiruvchi hujjat hisoblanadi.

Bugungi kunda mazkur Jeneva protokoliga dunyoning 142 ta davlati, MDH mamlakatlaridan Armaniston, Moldaviya, Rossiya, Tojikiston, Ukraina hamda Qirg‘iziston qo‘shilgan.