DXX 620 kilodan ortiq narkotikni yoqib yubordi

Markaziy Osiyo mintaqasida giyohvand moddalar savdosi ko‘rsatkichlari Afg‘onistonda giyohvand moddalar ishlab chiqarish kamaymaganligi bilan bevosita bog‘liq.
Sputnik

TOShKENT, 26-iyun - Sputnik. 26-iyun - "Xalqaro giyohvandlikka va giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurash" kunida Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan 620 kilodan ortiq narkotik moddalar yo‘q qilindi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Ichakdagi geroinlar: DBQ 5,5 kg dan ziyod giyohvand moddasini musodara qildi - foto

Xabarga ko‘ra, bugun 626 kg 981 gr. narkotik moddalar, shu jumladan, 4 kg 96 gr. geroin, 127 kg 154 gr. opiy,  25 kg 426 gr. nasha, 266 kg 35 gr. marixuana, 105 kg 511 gr. ko‘knor tayoqchasi, 97 kg 209 gr. kannabis, 1 kg 543 gr. sintetik narkotiklar, shuningdek, katta hajmdagi turli psixotrop tabletkalar yo‘q qilingan.

Markaziy Osiyo mintaqasida giyohvand moddalar savdosi ko‘rsatkichlari Afg‘onistonda giyohvand moddalar ishlab chiqarish kamaymaganligi bilan bevosita bog‘liq.

O‘zbekiston Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari kabi, "shimoliy marshrut" orqali afg‘on narkotiklarini olib o‘tish tranzit yo‘lida joylashganligi sababli, mamlakatda musodara qilingan giyohvand moddalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Afg‘onistondan, shuningdek Tojikiston va Qirg‘iziston orqali olib o‘tiladi.

Xususan, 2019-yilda Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq 330 dan ortiq jinoyatlar aniqlanib, 377 kg dan ortiq giyohvand moddalar musodara qilingan.