Volgogradda 10 nafar o‘zbekistonlik talabada koronavirus aniqlandi

O‘n nafar talaba COVID-19ni davolashga ixtisoslashgan shahar kasalxonasiga jo‘natilgan. Ular bilan aloqada bo‘lgan barcha kishilar Volgograd davlat agrar universitetining talabalar turar joyi binosida karantinga olingan.
Sputnik

TOShKENT, 25-iyun - Sputnik. Volgograd davlat agrar universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalarda koronavirus infeksiyasi qayd etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Mamlakatning Rostov-Don shahridagi bosh konsulxonasi xabariga ko‘ra, ayni paytda universitet administratsiyasi bilan aloqa o‘rnatilib, vaziyat nazoratga olingan.

Mordoviyada chet ellik talabalarda koronavirus aniqlandi

“Kasallikka chalingan 10 nafar talaba COVID-19 dan davolanishga ixtisoslashgan shahar shifoxonasiga yotqizildi”, - deyilgan xabarda.

Koronavirusga chalingan bemorlar bilan aloqada bo‘lgan barcha kishilar Volgograd davlat agrar universitetining talabalar turar joyi binosida karantinga olingan.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyining boshlarida Sankt-Peterburgda Davlat temir yo‘l transporti universiteti (PGUPS) talabalari koronavirus mavjudligi bo‘yicha o‘tkazilgan testlari musbat chiqqanligini yashirishgan edi. Universitet tezkor shtabi ushbu vaziyatni yig‘ilishda ko‘rib chiqqan va rektor nomiga ushbu o‘zbekistonlik talabalarga “talabalar safidan chiqarishgacha” bo‘lgan intizomiy chora ko‘rishni so‘rab iltimosnoma kiritgan edi. Natijada ularga tanbeh berilgan, xolos.