Kreml Lukashenkoning Rossiya haqidagi tanqidlariga javob qaytardi

Aleksandr Lukashenko Rossiya yetakchisi bilan mamlakat saylov jarayonlariga Rossiyadan “qo‘g‘irchoq o‘ynatuvchilar”ning ta’sirini muhokama qilishni rejalashtirganligi haqida aytdi.
Sputnik

TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Rossiya Belarus saylov jarayoniga aralashish niyati yo‘q, deb aytdi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Oliy martabali mehmonlar va harbiylar G‘alaba paradida - eng yorqin suratlar

U Belarus yetakchisi Aleksandr Lukashenko “yaqin vaqtlarda” Vladimir Putin bilan mamlakat saylov jarayonlariga Rossiyadan “qo‘g‘irchoq o‘ynatuvchilar”ning ta’sirini muhokama qilishni rejalashtirgani haqida aytgan bayonoti yuzasidan munosabat bildirdi.

“Bu yerda biz aniq javob berishimiz mumkinki, Rossiya Federatsiyasi hech qachon hech kimning, ayniqsa ittifoqdoshimiz Belarusda o‘tkazilayotgan saylov jarayonlariga aralashmagan, aralashmayapti va aralashmaydi”, - dedi Peskov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Minsk Moskvaning saylovlarga aralashgani borasida biron bir dalil keltirmadi. "Bunday ayblovlar haqiqatga qanday mos kelishi" haqida o‘ylashga majbur qiladi.

Peskov ta’kidlashicha, Putin G‘alaba paradiga Moskvaga kelgan Lukashenko bilan qisqa suhbatlashish imkoniyatiga ega bo‘lishgan.

Ikki yetakchi "muloqotni davom ettirishadi, tez-tez va mazmunli muloqot qilishadi", deb qo‘shimcha qildi Kreml vakili.

Shuningdek, u Lukashenko Rossiya haqida "juda ko‘p yaxshi bayonotlar" aytganligini eslatdi.

9 avgust kuni Belarusda prezident saylovlari bo‘lib o‘tadi, Lukashenko oltinchi muddatga saylanmoqda. U "ba’zi kuchlar kuchaygani, mamlakatdagi vaziyatni o‘ynatishga uchun faolikni boshlamoqda" va vaziyatni demokratik va kuch bilan hal etish tanlovi oldiga qo‘ymaslikni so‘ragan.

Shu bilan birga, Lukashenko hukumat mamlakatni beqarorlashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli rejani buzishga muvaffaq bo‘lishdi.