O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi tuzilmoqda

Vazirlar Mahkamasi "Paxta-to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni qabul qildi, unga muvofiq O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi ta’sis etiladi.
Sputnik

TOShKENT, 24-iyun - Sputnik. So‘nggi bir necha yil ichida paxta yetishtirish va qayta ishlashning klaster tizimi o‘z samarasini ko‘rsatdi: resurslarni tejaydigan texnologiyalar va uskunalar joriy etilmoqda, qishloqlarda yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqaradigan yangi sanoat korxonalari tashkil etilmoqda.

Xitoy O‘zbekistonga paxta yetishtirish uchun yangi texnologiya yetkazib berdi

Shu bilan birga, tizimdagi muammolarni hal qila oladigan, davlat idoralarida ularning manfaatlarini ifoda etadigan va ularning huquqlarini himoya qiladigan paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini takomillashtirish mexanizmlari yaratilmagan.

Shu munosabat bilan "O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi" tashkil etilgan bo‘lib, uning vazifalariga quyidagilar kiradi: to‘qimachilik sanoatining innovatsion loyihalarini amalga oshirish, tayyor mahsulot eksportini oshirish, xomashyo bazasini va infratuzilmani rivojlantirish, fermer xo‘jaliklari va klasterlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish va boshqalar.

Uyushma a’zolik badallari va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

Qarorda idoralararo komissiya tomonidan klasterlar faoliyatini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Paxta bozoriga ham nozik boshqaruv kerak – Abakumov

Yangi tashkil etilayotgan Paxta-to‘qimachilik klasterlari Uyushmasiga viloyat hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda paxta tozalash korxonalarini modernizatsiya qilish va yangi obyektlarni ishga tushirish, agrologistika tizimini yaratish bo‘yicha “yo‘l xaritasini” ishlab chiqish topshirildi.

Mintaqaviy paxta-to‘qimachilik klasterlari negizida bosqichma-bosqich innovatsiyalar, ilmiy-texnik yutuqlari va yangiliklarni joriy etish markazlari yaratiladi.

Respublika rahbarining 2020-yil 6-martdagi “Paxta sanoatida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq 2020-yil hosilidan boshlab, paxta xom ashyosi ishlab chiqaruvchilariga paxta narxini belgilash amaliyoti bekor qilindi.

Paxta to‘qimachilik klasterlari mavjud bo‘lmagan hududlarda, paxta tozalash korxonalari negizida fermer xo‘jaliklarining ixtiyoriy kooperativlari tashkil etildi.