Putin: sovet xalqi natsizmni tor-mor qilganini rossiyaliklar hamisha yodda saqlaydi

24 iyun kuni fashist Germaniyasi ustidan qozonilgan G‘alabaning 75-yilligi sharafiga Moskvadagi Qizil maydonda harbiy parad bo‘lib o‘tmoqda
Sputnik

TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Sovet xalqi natsizmni tor-mor qilganini rossiyaliklar hamisha yodda saqlaydilar, deya bayonot qildi RF prezidenti Vladimir Putin.

Unutilgan o‘tmish saboqlari va uning og‘ir to‘lovi — Putin maqolasi

"Natsizmni sovet xalqi Sovet Ittifoqining barcha respublikalaridan millionlab turli millatdagi odamlar tor-mor qilganini hamisha yodda tutamiz", - dedi Putin G‘alaba Paradida.

Rossiya rahbarining ta’kidlashicha, ular frontda va front ortida, partizan otradlarida va yerto‘lalarda jasorat va birdamlik qoidalariga muvofiq jang olib borganlar.

Parad safi Qurolli kuchlar va boshqa kuch idoralari harbiy xizmatchilari, harbiy bilim yurtlari kursantlari, suvorovchilar, naximovchilar va kadetlar, shuningdek yunarmiyaliklardan tashkil topgan 40ta piyodalar raschotidan shakllantirilgan.

Shuningdek, paradda 13ta xorijiy davlat: Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Moldova, Mo‘g‘uliston, Serbiya, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston harbiy xizmatchilari ishtirok etmoqda.

Bu yil G‘alaba paradida Belarus, O‘zbekiston, Bosniya va Gertsegovina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, Serbiya, Janubiy Osetiya va Abxaziya rahbarlari, shuningdek, MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev, YeIK rahbari Mixail Masnikovich va ODKB bosh kotibi Stanislav Zas qatnashmoqda. Yevropa mamlakatlari vazirlar va elchilar darajasida taqdim etilgan.