Putin paraddan keyin Qozog‘iston va O‘zbekiston rahbarlari bilan suhbatlashdi

Moskvada bugun G‘alabaning 75-yilligi sharafiga parad o‘tkazilmoqda. Paradda 14 mingdan ortiq harbiy xizmatchilar, 234 dona tarixiy va zamonaviy yer usti harbiy texnikalari saf tortib o‘tdi
Sputnik

TOShKENT, 24-iyun - Sputnik. Rossiya Vladimir Putin G‘alaba paradidan so‘ng Qozog‘iston, O‘zbekiston, Moldova va Tojikiston prezidentlari bilan "oyoqda" muloqot o‘tkazdi. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bu vaqt davomida orqada yurdi.

Qirg‘iziston prezidenti Moskvaga keldi, lekin paradda ishtirok etmadi

G‘alaba paradidan so‘ng davlat rahbarlari Noma’lum askar qabriga gul qo‘yish uchun Aleksandr bog‘iga yo‘l oldilar. Putin yo‘l davomida Qosim Jomart-Toqayev, Emomali Rahmon va Shavkat Mirziyoyev hamrohligida bordi.

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko orqada harakatlandi va hech kim bilan muloqot qilmadi.

Gul qo‘yish marosimidan so‘ng Putin ma’lum vaqt Moldova yetakchisi Igor Dodon bilan muloqot qildi.

Paradda 13 xorijiy davlatlar: Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Moldova, Mo‘g‘uliston, Serbiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston ning harbiy xizmatchilari ishtirok etdilar.