Bag‘dodda hech bir sababsiz fuqaroni do‘pposlagan bezori hibsga olindi

Bag‘dod tumanida mast fuqaro hech bir sababsiz qo‘llari va oyoqlari bilan boshqa bir fuqaroga tan jarohati yetkazdi.
Sputnik

TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Farg‘ona viloyatida fuqaroga tan jarohati yetkazgan shaxs hibsga olindi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.

Hodisa 15-iyun kuni Bag‘dod tumani Olmazor ko‘chasida sodir bo‘lgan. 50 yoshli S.A. mast holda 44 yoshli S.M. bilan janjallashgan. Keyin S.A. jamoat joyida jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan hech bir sababsiz qo‘llari va oyoqlari bilan 44 yoshli S.M.ning bosh va yuz sohalariga urib tan jarohati yetkazgan.

Marg‘ilonda qoidabuzar sotuvchi IIB xodimini do‘pposladi

Holat yuzasidan S.A.ga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “e” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Unga nisbatan ayblov e’lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.