Aripov Qirg‘izistonning yangi bosh vaziri bilan qo‘ng‘iroqlashdi

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirg‘izistonning yangi tayinlangan bosh vaziri Kubatbek Boronov o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.
Sputnik

TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirg‘iziston bosh vaziri Kubatbek Boronov o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vazirining axborot xizmati xabar qildi.

Kubatbek Boronov Qirg‘iziston bosh vaziri vazifasini bajaradi

“O‘zbekiston hukumati rahbari o‘z hamkasbini Bosh vazir lavozimiga tayinlangani bilan tabrikladi va O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlarining yangi sur’atlar bilan izchil rivojlanib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi”, - deyilgan xabarda.

Suhbat chog‘ida tomonlar yaqin kunlarda ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazish masalalarini muhokama qilishdi.

Ikki mamlakat bosh vazirlari boshchiligidagi O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumat delegatsiyalarining oxirgi marta uchrashuvi 2019-yil avgust oyida Bishkekda o‘tkazilgan.