O‘zbekistonda ilk bor ayol kishi xorijiy davlat elchisi etib tayinlandi

Senat Tashqi ishlar vazirligi bosh boshqarmasi xodimi Feruza Mahmudovani O‘zbekistonning Isroildagi elchisi etib tayinladi.
Sputnik

TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Senat Tashqi ishlar vazirligi bosh boshqarmasi xodimi Feruza Mahmudovani O‘zbekistonning Isroildagi elchisi etib tayinladi.

TIV: Rossiyadagi 2428 nafar fuqaroga 14,9 mln rubl moliyaviy yordam berildi

Senat 5-yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasining Isroil davlatiga Favqulodda va Muxtor elchisi lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi.

Senatorlar Feruza Mahmudovani O‘zbekistonning Isroil davlatidagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Parlament yuqori palatasi raisi Tanzila Norboyeva shu kunga qadar mamlakatimiz 130dan ziyod xorijiy davlatlar bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan bo‘lsa, ularda hali birorta ayol elchi tayinlanmaganini ta’kidlagan.

“Feruza Yuldashevna mustaqil O‘zbekistonning birinchi ayol elchisi sifatida tarixda qoladi. Bu sharaf bo‘lishi bilan birga, ulkan mas’uliyat hamdir. Qolaversa, uning bunday mas’uliyatli lavozimga loyiq topilgani mamlakatimizda ayollarga bo‘lgan yuksak ishonch va e’tirof namunasidir.

Ishonamizki, bunday e’tibor va e’tirofga bundan keyin ham ko‘p marotaba guvoh bo‘lamiz. Zero, o‘zbek ayollari bunga munosibdir”, dedi senat raisi.