UzAssets - xavf va imkoniyatlar: mutaxassislar loyiha haqida

Aktivlarni boshqarish bo‘yicha davlat agentligining xalqaro maslahatchilari Marek Grabarek va Veslava Kachmarek UzAssets investitsion kompaniyasi tashkil etilgandan keyin xususiylashtirish istiqbollari to‘g‘risida fikrlari bilan bo‘lishdilar.
Sputnik

TOShKENT, 19-iyun - Sputnik. UzAssets investitsion kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida qaror Vazirlar Mahkamasining xususiylashtirish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi qarori asosida qabul qilindi.

"Oilaviy qadriyatlarni" qanday saqlab qolish kerak?

O‘zbek hukumatining iqtisodiyotdagi ulushni kamaytirish va xususiy sektorni kuchaytirish to‘g‘risidagi bayonotlaridan keyin harakat qilish vaqti keldi. Bir necha sohada professional faoliyatni ta’minlash kerak: kompaniyalar aktivlarini boshqarish, davlat aktivlarini boshqarish, zamonaviy korporativ boshqaruv.

Prezident 500 dan ziyod bozorlarni xususiylashtirish bo‘yicha topshiriq berdi

“O‘zbekiston xususiylashtirishga ishonchni tiklashi kerak, ayniqsa o‘zbekistonlik ishbilarmonlar va xorijiy sarmoyadorlar orasida”, - deydi mutaxassislar.

Har bir mamlakatda uning o‘zligini va xavfsizligini belgilaydigan iqtisodiyotning “oilaviy qadriyatlar” deb atalmish korxonalarini qanday qilib himoya qilish va undan foydalanish yaxshiroq degan savol tug‘iladi.

Muammoni hal qilish maqsadida, ko‘plab davlatlar suveren jamg‘armalarni tashkil etgan. O‘zlariga ishonib topshirilgan aktivlarni ko‘paytirish kabi biznes maqsadlardan tashqari, davlat xavfsizligi va kelajak avlodlar manfaatlarini himoya qilish bilan bog‘liq maqsad ham mavjud.

Jamg‘arma professional boshqaruvchilar tomonidan boshqariladi, jamg‘arma qarorlari va operatsion faoliyatiga siyosat va davlat boshqaruvi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sirini minimallashtiriladi. Jamg‘arma faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmlarini nazorat organlari tomonidan saqdab qolinishi va jamg‘arma faoliyati holati va natijalari to‘g‘risida jamoatchilik oldida hisobot berish majburiyatini ta’minlash muhimdir.

Xalqaro mutahassilarning fikriga ko‘ra, UZAssets investitsion kompaniyasini yaratish, agar uning vazifasi kelajakda uni mamlakatning "oilaviy qadriyatlarini" faol boshqaradigan O‘zbekistonning suveren jamg‘armasiga aylantirish bo‘lsa, bu to‘g‘ri yo‘nalishdagi qadamdir.

Boshqaruvning yangi tajribasi

"Kompaniya biznes muhitda O‘zbekistonning oynasi, potensial investorlar uchun yaxshi loyihalar manbai va namunasi bo‘lishi kerak. U yuqori sifatli aktivlar va professional boshqaruv misoli kabi bo‘lishi kerak", - deb hisoblashadi Marek Grabarek va Veslava Kachmarek.

Shavkat Mirziyoyev yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Kompaniyalarni boshqarish, restrukturizatsiya qilish va sanatsiya qilishning zamonaviy usullarini egallash kerak, strategiyalarni ishlab chiqish va ularni rivojlantirish yo‘llarini belgilash - ularni investorlarga sotish, investorlar bilan qo‘shma korxonalar tashkil etish orqali ushbu kompaniyalarni Toshkent fond birjasida ommaviy savdoga qo‘yish zarur. Ushbu maqsadlar uchun ko‘plab chet kompaniyalari va menejerlarining bilimlari va tajribalaridan foydalanish kerak.

Agar kompaniyaning birinchi maqsadi korxonalarni xususiylashtirish va xususiylashtirishdan balans qiymatidan yuqori daromadni olish bo‘lsa, unda ushbu "mahsulot" investorlar bozorida sotilishi kerak. Agar "mahsulot" sotuvga noloyiq bo‘lsa, unda korxonani xususiylashtirishga tayyorlash jarayoni zarur.

"Biz doimiy zarar holatidagi korxonalarni UZAssets aktivlariga kiritilmasligini qat’iy tavsiya qilamiz", - deyishadi mutaxassislar.

UZAssets loyihasi hamkori sifatida chiqishi mumkin bo‘lgan banklarni olishi mumkin va kerak ham, deb ishonch bildiradi mutahassislar.

Vaqt o‘tishi bilan UzAssets korxonalar bozorida faol sotib olishda, korxonalarni potensial xaridorlar uchun jozibali taklifni tayyorlash maqsadida restrukturizatsiya qilishda va hatto developerlik loyihalarida ishtirok etishi orqali bozorning faol ishtirokchisiga aylanishi kerak.

Davlat mulkini xususiylashtirish osonlashdi

Kompaniyaning o‘zi Toshkent fond birjasida ommaviy joylashtirish obyekti bo‘lishi mumkinmi, degan savolni ko‘rib chiqish kerak. Korxona o‘z biznes-maqsadlariga erishish uchun moliya bozori, qimmatli qog‘ozlar bozoridan kapitalni jalb qilish huquqiga ega bo‘lishi kerak.

Rivojlanish ssenariyalari

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, UzAssets-ning ikkita ssenariysi eng to‘g‘ri hisoblanadi:

Xususiylashtirilishi kerak bo‘lgan yoki professional boshqaruvni talab qiladigan navbatdagi davlat kompaniyalarining aksiyalari shaklida nizom kapitalining yana bir o‘sishi. Oxir oqibat kompaniya O‘zbekistonning suveren jamg‘armasiga aylantiriladi.

Nodavlat aktivlarining yopiq investitson jamg‘armalarini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilish va boshqaruv kompaniyasi yordamida davlat kompaniyalarining keyingi guruhlarini xususiylashtirish. Bu tarmoq jamg‘armalari yoki vertikal, ya’ni xom-ashyodan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan butun ishlab chiqarish siklini amalga oshiradigan kompaniyalar bo‘lishi mumkin.