TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda O‘zbekiston mezbonlik qiladigan 2020-yilgi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga qur’a tashlandi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar qildi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, U19 O‘zbekiston Indoneziya, Kambodja va Eron jamoalari bilan birgalikda A guruhidan joy oldi. Temur Kapadze shogirdlari dastlabki o‘yinni 14-oktabr kuni Eronga qarshi o‘tkazadi. 17-oktabrda Kambodjaga qarshi bahs bo‘lib o‘tsa, Indoneziyaga qarshi uchrashuv 20-oktabr kuniga mo‘ljallagan.
Mazkur musobaqa 14—31 oktabr kunlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Bahslar Toshkent, Olmaliq va Namangan shaharlarida o‘tkazilishi kerak.
U19 O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze qur’a natijalari bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib, qur’adan ko‘ngli to‘lganini aytdi.