Qarshida 50 ming so‘m evaziga qo‘shmachilik qilgan ayol ushlandi

Qarshi shahrida yashovchi ayol o‘z uyida bir juftlikning jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib bergan va ulardan 50 ming so‘m olgan.
Sputnik

TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Qashqadaryo viloyatida qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan ayolning kirdikorlari fosh etildi.

Toshkentda massaj saloni bahonasida fohishaxona ochganlar fosh etildi

Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, Qarshi shahrida yashovchi S.G. o‘zi yashab turgan xonadonida tanishi S.M va X.S.ning jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib bergan. Buning evaziga 50 ming so‘m olgan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 131-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi ochilgan.

Avvalroq Toshkentda massaj saloni bahonasida fohishaxona ochgan ikki shaxs fosh etilgani xabar qilingan edi.