Toshkentda “KamAZ” reklama ustuniga borib urildi: ikki kishi qurbon bo‘ldi

“KamAZ” haydovchisi yo‘l chetidagi reklama ustuniga borib urilgan. Natijasida avtomobil salonida yong‘in kelib chiqqan.
Sputnik

TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Toshkent shahri Shayxontohur tumanida “KamAZ” rusumli yuk mashinasi ishtiroki yo‘l-transport hodisasi bo‘ldi.

Rulda uxlab qoldi: “Qamchiq” dovonida jiddiy YTH sodir bo‘ldi

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, YTH 18-iyun kuni taxminan soat 06.00 da Toshkent xalqa avtomobil yo‘lidagi “Dilshod” kafesining yonida sodir bo‘lgan. “KamAZ” haydovchisi 38 yoshli Munis I. yo‘l chetidagi reklama ustuniga borib urilgan. YTH natijasida avtomobil salonida yong‘in kelib chiqqan. Haydovchi olgan jarohatlari sababli voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.

Hodisa ro‘y bergan vaqtda reklama ustuni yonida taxminan 25-35 yoshli yigit bo‘lgan, uning shaxsi aniqlanmoqda. U YTH joyida olgan jarohati sabab tibbiyot muassasasiga olib borilgan. Ammo shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmadi.

YTH sababi o‘rganilmoqda.