Rossiyada saratonni davolash uchun virus sinovdan o‘tkazildi

Olim ta’kidlashicha, bu dori ko‘krak saratoniga qarshi vosita sifatida tasniflanadi, ammo klinikaoldi tadqiqotlar uning saratonning boshqa turlariga qarshi ham samaradorligini ko‘rsatdi.
Sputnik

TOShKENT, 18-iyun - Sputnik. Ospa vaksinasi asosida saraton kasalligini davolash uchun yaratilgan virus klinikaoldi sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi va inson ustidan sinovga tayyorlanmoqda, dedi jurnalistlarga Kimoviy biologiya va fundamental tibbiyot instituti (IXBFM SO RAN) direktori o‘rinbosari  Vladimir Rixter.

Rossiyalik olimlar saraton hujayralarini o‘ldiruvchi DNK-nanorobot yaratishdi

“Endilikda preparat klinikaoldi sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tdi (hujayra modellari va hayvonlar ustida - tahr.) va umid qilamanki, kelasi hafta biz hujjatlarni klinik sinovlarning birinchi bosqichiga ruxsat olish uchun RF Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshiramiz. Birinchi bosqich - bu preparatning odamlarga xavfsizligini baholash, u Sankt-Peterburgda o‘tkaziladi”, - deya uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Vladimir Rixter ta’kidlashicha, klinik sinovlarning birinchi bosqichi bir yarim yil vaqt davom etishi mumkin.

Virus ospa vaksinasi virusi negizida yaratilgan. Uning genomidan yuqumligiga javob beradigan ikkita gen qirqib chiqarildi. Keyin unga ushbu virusning onkolitik faolligini oshiradigan yangi ikkita gen qo‘shtirildi. Virus tanaga tushgach, o‘simta hujayrani topib, unga yuqtirilib, uning ichida ko‘payishni boshlaydi. Shu bilan birga, saraton hujayralaridan boshqa hech qanday hujayrada u ko‘payishga qodir emas.

Ushbu hujayrada ko‘payishi bilan, bir tomondan, bu hujayrani o‘ldiradigan oqsillarni ishlab chiqarishni boshlaydi, boshqa tomondan, bu hujayrada ko‘paya boshlab, qonga tushib, butun tanaga tarqala boshlaydi, boshqa o‘simta hujayralarini izlaydi va metastazalarni vayron qiladi.

Olim ta’kidlashicha, bu dori ko‘krak saratoniga qarshi vosita sifatida tasniflanadi, ammo klinikaoldi tadqiqotlar uning saratonning boshqa turlariga qarshi ham samaradorligini ko‘rsatdi.

Avvalroq Sputnik  radiosi keng tarqalgan saraton turini oldini olish usuli topilganini xabar qilgan edi.