KXShT jangarilar harakati ustidan razvedkani kuchaytiradi - Zaxarova

KXShTning janubiy chegaralari xavfsizligini oshirish uchun Rossiya Tojikistondagi o‘z harbiy bazasi salohiyatini mustahkamlamoqda, dedi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova.
Sputnik

MDH chegarachilari Afg‘onistondan narkotrafik hajmi ko‘payganini ma’lum qildi. Shuningdek, Badaxshon rasmiylari “ID”* va “Al-Qoida”* terrorchilik tashkilotlari hududda harbiy ishtirokini kuchaytirishga urinishlari haqida ma’lum qilishdi.

Yaqin Sharqda Rossiyaning roli haqida AQSh bayonoti – Zaxarova javobi

Doimiy harbiy harakatlar Afg‘oniston Islom Respublikasining deyarli barcha viloyatlarida davom etmoqda.

“KXShT tojik-afg‘on chegarasidagi keskinlikni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar ro‘yxatini amalga oshirmoqda. Shuningdek, jangarilar harakati ustidan razvedkani kuchaytirish va eng xavfli hududlarni monitoring qilish yuzasidan choralar ishlab chiqilmoqda", - dedi Zaxarova har hafta o‘tkaziladigan brifingda.

KXShT Afg‘onistondagi vaziyatni har qanday rivojlanishiga tayyor, deb qo‘shimcha qildi u.

"Tojikistonning Afg‘oniston bilan chegaradosh hududlarida kollektiv kuchlarning mashqlarini o‘tkazish amaliyoti ham kuchaytirildi", - dedi TIV vakili.

Eslatib o‘tamiz, KXShT a’zolari - Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston.